23:00 / 07.09.2024
66

Yirtqich qushlarni qo‘lga o‘rgatuvchi qirg‘izistonlik etnosport ustasi bilan suhbat

Yirtqich qushlarni qo‘lga o‘rgatuvchi qirg‘izistonlik etnosport ustasi bilan suhbat
O‘zbekistonlik bir guruh jurnalistlar va blogerlar Qirg‘iz Respublikasi tomonining taklifi bilan Issiqko‘l viloyatiga press-turga taklif qilindi. Sayohat davrida “Daryo” muxbiri Tyan-Shan tog‘ bag‘rida joylashgan Qirchin yaylovlarida bo‘lib, “Salburun” etnosport federatsiyasi rahbari Almazbek Akunovdan qisqacha intervyu oldi.

— “Salburun” federatsiyasini tuzishdan maqsad nima?
— O‘zim ko‘p yillardan buyon yirtqich qushlarni qo‘lga o‘rgatishga, ot minish, kamondan o‘q otish va ovchi itlarga qiziqib kelaman. Bundan 18 yil avval yuqorida sanab o‘tgan etnosport ishqibozlarini yig‘ib, “Salburun” federatsiyasiga asos soldik.

Qirchin hududini etnosport ixlosmandlari makoniga aylantirdik. Ba’zi mamlakatlar qanchalik xohlamasin, milliy o‘yinlarini Olimpiya dasturiga kiritolmaydi. Shuning uchun biz milliy an’analarimizni saqlab qolish maqsadida butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarini tashkil qildik. Joriy yilgisiga Qozog‘iston mezbonlik qiladi. Bu ajdodlar merosini saqlash va kelajak avlodga qoldirish uchun muhim.

Hozir bu sport turiga qiziquvchi yoshlar ko‘paydi. Bizga ustozlarimiz o‘rgatgan, biz shogirdlarga o‘rgatyapmiz.

— Yirtqich qushni qo‘lga o‘rgatishga qancha vaqt sarflaysiz?
— Biz burgut va lochinlarni davlat ruxsati bilan polaponligidan olamiz. Qushlarni bir yoshdan tarbiyalashni boshlaymiz. Bitta qushni tarbiyalash uchun o‘rtacha bir yil ketadi. Agar u qaysar chiqib qolsa, ikki yil ham ketishi mumkin. Ba’zi qushlar bir oyda qo‘lga o‘rganadi, ba’zilariga esa juda ko‘p vaqt ketadi. Ya’ni har bir qushning o‘ziga xos fe’l-atvori bor.

Qushlarning yuragi toza, mehr berish kerak. Ko‘zlariga qarab, botirlikni ko‘raman.

— Bitta yirtqich qushning o‘rtacha narxi qancha?
— Qirg‘iziston ichida yovvoyi qushlarni sotish mumkin emas. Qonunchilikda shunday. Qush ishqibozlari bir-birimizga sovg‘a qilamiz, sotmaymiz. Kimdir ko‘ngildan chiqqanini berishi mumkin. Odatda bu ko‘p bo‘lmaydi, ozroq berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yirtqich qushlarni qo‘lga o‘rgatuvchi qirg‘izistonlik etnosport ustasi bilan suhbat