HBO “Taxtlar o‘yini” buyumlarini kimoshdi savdosiga qo‘ymoqda

HBO “Taxtlar o‘yini” buyumlarini kimoshdi savdosiga qo‘ymoqda
Taxtlar o‘yini” muxlislari uchun ajoyib yangilik. HBO mashhur filmda ishlatilgan buyumlarni auksionga qo‘ydi. Har kim sevimli serialidagi birorta buyumni sotib olish imkoniyatiga ega.
HBO “Taxtlar o‘yini” buyumlarini kimoshdi savdosiga qo‘ymoqda
Bu kimoshdi savdosidagi har bir buyum g‘oyat mukammal ishlangan va o‘zida chuqur ma’no mujassam etgan”, deyiladi Heritage auksion uyi e’lonida.

Auksionga 2000 dan ortiq lot, jumladan, afsonaviy qurollar, sovutlar, liboslar va noyob buyumlar qo‘yilgan. Savdo allaqachon boshlangan. Boshlang‘ich narx 500 dollar. Ammo bu hali hammasi emas. Qirollik Gvardiyasidan Jayme Lannisterning to‘liq anjomlaridan iborat eng qimmatbaho lot 20 000 dollarga baholanmoqda. Bu faqat boshlang‘ich narx xolos.
HBO “Taxtlar o‘yini” buyumlarini kimoshdi savdosiga qo‘ymoqda
Bundan tashqari, kolleksiyada personajlarning liboslari ham namoyish etilgan. Ular orasida Sersey Lannister, Sansa Stark va Deyeneris Targariyenlarga tegishli kiyimlar ham bor. Aytgancha, Deyeneris bilan bog‘liq boshqa lotlar ham mavjud: masalan, 3600 dollarlik ajdar tuxumi va 2100 dollarga kichik Drogon maketini xarid qilishingiz mumkin.
HBO “Taxtlar o‘yini” buyumlarini kimoshdi savdosiga qo‘ymoqda
Auksion 10 oktyabrdan 12 oktyabrgacha davom etadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar