00:30 / 10.09.2024
7

Eron Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berganini tasdiqladi

Eron Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berganini tasdiqladi
Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi a’zosi Ahmad Baxshaish Ardestoniy Tehron Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berganini tasdiqladi.

Foto: Wikipedia/ Harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida Eronda ishlab chiqarilgan Fath-360 raketasining uchirilishi
Mazkur bayonot Eronning BMTdagi missiyasi Moskvaga qurol-yarog‘ yetkazib berish haqidagi ayblovlarni rad etganidan 24 soat o‘tmasdan so‘ng e’lon qilindi. Didban Iran nashriga bergan intervyusida Ardestoniy Eron zarur tovarlar evaziga Rossiyaga qurol sotishga majbur ekanligini tushuntirgan.

Biz o‘z ehtiyojlarimizni qondirish uchun, jumladan, soya va bug‘doy importi uchun barterdan foydalanishga majburmiz. Ushbu barter almashinuvi doirasida biz Rossiyaga raketalarni ham, harbiy dronlarni ham jo‘natamiz”, dedi u.

Eron TIV vakili Nosir Kanoniy Rossiyaga raketa yetkazib berilishi haqidagi ma’lumotni izohlar ekan, Eron “hech qachon Rossiya—Ukraina mojarosining bir qismi bo‘lmaganini” aytgan. Shuningdek, u Eron va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik Ukrainadagi urushdan ancha oldin boshlanganini ta’kidlagan. Kanoniy Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berilishini tasdiqlamagan, ammo inkor ham etmagan.

6 sentyabr kuni The Wall Street Journal nashri amerikalik va yevropalik rasmiylarga tayanib, Eron Rossiyaga “bir necha yuzta” qisqa masofali ballistik raketalar yetkazib bergani haqida xabar bergandi. Manbalarga ko‘ra, Eron ta’minotni davom ettiradi.

Yevropa rasmiylari AQSH bilan birgalikda Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlashga kirishilganini ma’lum qilgan. Cheklovlar Rossiyaga qurol yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi eronlik jismoniy shaxslar va kompaniyalarga, jumladan, transport kompaniyalariga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, Iran Air milliy aviatashuvchisiga Yevropaga parvoz qilish taqiqlanadi.

Urushni o‘rganish instituti (ISW) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi joriy yilning kuz yoki qish mavsumidayoq Eron ballistik raketalari bilan Ukrainaning fuqarolik va energetika infratuzilmasini nishonga olishni boshlashi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berganini tasdiqladi