Foto: Reuters
Misrlik taniqli arexolog va qadimiy ishlar bo‘yicha sobiq vazir Zaxi Xavass malika Nefertitining byustini Berlindagi muzeydan qaytarish talabi bo‘yicha petitsiyani ilgari surdi.
Nefertitining ohaktoshdan ishlangan mashhur byusti 1912 yilda Qohiradan 300 kilometr janubda joylashgan Amarna maskanidan nemis arxeologi Lyudvig Borxardt boshchiligidagi arxeologik missiya tomonidan topilgan. Bir yildan keyin missiya artefaktni Germaniyaga yuborgan bo‘lib, u Berlindagi Yangi muzeyning eng mashhur eksponatlaridan biriga aylangan.
Xavass 7 sentyabr kuni e’lon qilgan petitsiyasida byust Misrdan noqonuniy olib chiqib ketilganini ta’kidlab, uning qaytarilishini talab qildi.
Petitsiya mualliflari Germaniya madaniyat vaziri, Prussiya madaniy meros jamg‘armasi va Yangi muzey ma’muriyatini ushbu petitsiyani tinglashga hamda so‘rovga javob berishga chaqirmoqda.
«Ichida Nefertitit byusti bo‘lgan artefaktlar kolleksiyasini topish bo‘yicha olib borilgan qazilma ishlari va ularni taqsimlash bo‘yicha qayd etilgan hujjatlardan ko‘rish mumkinki, byust Misrning o‘sha vaqtdagi qonunchiligiga zid ravishda olib chiqib ketilgan», — deydi Xavass.
Misr va Germaniya o‘nlab yillar davomida Nefertiti byusti ustida tortishib keladi va uni qaytarish bo‘yicha avvalgi bir necha urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan. O‘tgan yigirma yil ichida AQSHdan Yevropagacha Misr hukumati xalqaro politsiya va diplomatik idoralar yordamida mamlakatdan noqonuniy olibketilgan minglab artefaktlarni vataniga qaytarishga erishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi