12:06 / 10.09.2024
53

Zelenskiy Ukraina yuqori rahbariyatida o‘zgarishlarni amalga oshirdi

Zelenskiy Ukraina yuqori rahbariyatida o‘zgarishlarni amalga oshirdi
Foto: Hendrik Schmidt/dpa/picture alliance
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘ziga ikki maslahatchi tayinladi. 8 sentyabr, yakshanba kuni imzolangan farmonlarga ko‘ra, Dmitriy Litvin aloqa masalalari bo‘yicha maslahatchi, Aleksandr Kamishin esa strategik masalalar bo‘yicha maslahatchi bo‘ldi.

Aleksandr Kamishin avval strategik sanoat vaziri bo‘lgan.

Ukraina prezidenti idorasi rahbari ikki o‘rinbosari tayinlandi

Bundan tashqari, Ukraina prezidenti devoni rahbarining ikki o‘rinbosari tayinlandi, ular avval Karpatorti viloyat davlat ma’muriyatini boshqargan Viktor Mikita, shuningdek, vaqtincha egallab olingan hududlarni reintegratsiya qilish bo‘yicha sobiq vazir Irina Vereshchuk bo‘ldi.

Telegram'da o‘zining tayinlanishini sharhlar ekan, Mikita yangi lavozimdagi asosiy vazifasi harbiy ma’muriyatlarning samarali faoliyatini ta’minlash, shuningdek, "Karpatortida mahalliy hokimiyat organlari, jamoatlar, tadbirkorlar va boshqa institutlar o‘rtasidagi aloqa va ishonchni mustahkamlashdan iborat" bo‘lishini ta’kidladi.

O‘tgan haftada Ukraina yuqori rahbariyatida bir qancha o‘zgarishlar yuz berdi. Xususan, Strategik sanoat vazirligi rahbari lavozimida Aleksandr Kamishin o‘rniga «Ukroboronprom»ning sobiq rahbari German Smetanin tayinlandi. Irina Vereshchuk Reintegratsiya vaziri lavozimidan, Dmitriy Kuleba Tashqi ishlar vazirligi rahbari lavozimidan ozod etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Ukraina yuqori rahbariyatida o‘zgarishlarni amalga oshirdi