13:55 / 10.09.2024
58

Rossiyaning to‘qqizta hududi dronlar hujumiga uchradi

Rossiyaning to‘qqizta hududi dronlar hujumiga uchradi
Foto: Tatyana Makeyeva/AFP
10 sentyabr, seshanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning to‘qqizta mintaqasi, shuningdek, Qrimga uchuvchisiz uchoqlar tomonidan katta hujum uyushtirildi. Portlashlar Belgorod, Kursk, Oryol, Voronej, Tula, Kaluga, Lipetsk, Moskva viloyatlari va Krasnodar o‘lkasida sodir bo‘lgan.

Xususan, Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari unga ishonib topshirilgan hududda 59 ta «samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparati»ni urib tushirganini yozdi. «RBK Ukraina» agentligi ta’kidlaganidek, yarim tundan keyin Bryansk pabliklarida yangi havo hujumi haqida xabarlar tarqala boshladi. Bundan tashqari, internetda dron zarbalari natijasida sodir bo‘lgan portlashlar tasvirlari e’lon qilindi. Xususan, «Rosneft» yonilg‘i quyish shoxobchasi yaqinida bitta UUA portlagani xabar qilinmoqda, biroq aniq manzil ko‘rsatilmagan.

TASS axborot agentligi xabariga ko‘ra, Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan Tula viloyati uzra urib tushirilgan uchuvchisiz uchoq qoldiqlari yonilg‘i-energetika inshootiga tushgan. «Jabrlanganlar yo‘q», - deb ta’kidlaydi Rossiya davlat agentligi Tula rasmiylarining texnologik jarayon va iste’molchilarga resurslarni yetkazib berish to‘xtatilmagani haqidagi so‘zlariga tayanib.

Moskva viloyati ham hujumga uchradi

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov mintaqa uzra kamida 14 ta dron urib tushirilganini yozdi. Unga ko‘ra, Ukraina uchuvchisiz uchog‘ining Moskva viloyatiga uyushtirgan hujumi natijasida bir ayol halok bo‘lgan, yana uch kishi jarohatlangan. Mahalliy pabliklarda Jukovskiy aholi punkti, Lyubersi va Ramenskoye tumanlarida eshitilgan oltita portlash tasvirlari e’lon qilindi.

Rossiya poytaxti meriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ramenskoye tumanidagi turar joy binosiga UUA hujumi sabab yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in binoning 11- va 12-qavatlarini qamrab olgan, dedi shahar meri Sergey Sobyanin va voqea joyida qutqaruvchilar ishlayotganini qo‘shimcha qildi.

Moskvaning barcha uchta aeroporti - Domodedovo, Vnukovo va Sheremetevo veb-saytlarida aytilishicha, hujumlar paytida o‘z parvozlarini bekor qilgan.

Qrimga ham dronlar uchib kelgan

9 sentyabr kuni kechki payt Qrim yarimorolidagi Oktyabrskoye qishlog‘ida portlashlar sodir bo‘lgani haqida ma’lumot berildi. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, u yerda joylashgan Rossiya harbiylari Saki aerodromidan aviatsiyani havoga ko‘tardi.

Bundan tashqari, Rossiya monitoring kanallari Tarxankut buruni yo‘nalishida va undan sharqda uchuvchisiz uchish qurilmalari uchirilishi ehtimoli haqida xabar berishdi.

Ayni paytda, Rossiya Mudofaa vazirligi 10 sentyabr kuni ertalab Rossiyaning to‘qqizdan ortiq viloyati – Belgorod, Bryansk, Voronej, Kaluga, Kursk, Lipetsk, Moskva, Oryol va Tulada 144 ta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilingani va tutib olinganini bildirmoqda. Idora o‘z hisobotida Krasnodar o‘lkasi va Qrimni tilga olmagan hamda hujumda Ukrainani ayblagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning to‘qqizta hududi dronlar hujumiga uchradi