Foto: Reuters
Qo‘shma Shtatlar Ukrainadan foydalanib, har qanday holatda ham dunyoda hukmronlikni saqlab qolishga, Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilmoqda, deya Rossiya prezidenti Vladimir Putin fikr bildirdi.
“Biz Amerika Qo‘shma Shtatlari har qanday holatda ham o‘zining global harbiy-siyosiy ustunligini saqlab qolishga harakat qilayotganini ko‘rmoqdamiz”, deydi Putin.
Avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov tashqi o‘yinchilar soni ortib borayotgani, jumladan, AQSH ham Rossiyani chetlab o‘tib, O‘rta koridorga qiziqish bildirayotganini ma’lum qilgan edi.
Siyosatchi Rossiya “boshqa hamkorlar bilan chuqurroq aloqalar o‘rnatishda hech kimga to‘sqinlik qila olmasligini” ta’kidlagan.
“Markaziy Osiyodagi hamkorlarimiz va ittifoqchilarimiz G‘arb bilan aloqalarini kengaytirganida, ular o‘zlarining olijanob va shaffof maqsadlariga erishish barobarida, G‘arb mintaqada Rossiya ta’sirini zaiflashtirishga intilayotganini juda yaxshi anglashlariga menda zarracha shubha yo‘q.
AQSH birdan nima uchun Rossiyaning Nikaragua bilan munosabatlaridan tashvishga tushib qoldi? Ular u yerda Rossiya mavjud ekan, o‘zlarining asossiz xavotirlarini bildirish uchun har qanday bahonadan foydalanadi”, dedi Lavrov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi