Foto: Google Images
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrelning aytishicha, G‘azo sektoridagi janglar ishtirokchilari mojaroga barham berishdan manfaatdor emas, shu bois sulh bo‘yicha kelishib bo‘lmayapti.
“Biz o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishga vositachilik qilayotgan Misr, Qatar va Qo‘shma Shtatlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz maqsadga juda yaqin keldik, lekin unga hali erishmadik”, dedi Borrel.
“Nima uchun? Javobi oddiy: urush olib borayotganlar uni tugatishdan manfaatdor emas. Ular borgan sari buni ochiq namoyon qilishmoqda, chunki bu harakatlari uchun javobgarlikka tortilmasliklarini bilishadi”, deb davom etdi u.
Borrelning so‘zlariga ko‘ra, “xalqaro huquqning ochiqdan ochiq buzilishiga e’tibor berilmayapti”.
Borrel “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilini hayotga tatbiq etishga tayyor bo‘lganlar bilan ishlash zarurligini tushuntirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi