Foto: Akipress
Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanov bilan uchrashib, unga Munarbek Seyitbek uuluning Parijdagi Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabasiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik belgisi sifatida Chevrolet Tracker avtomobilini sovg‘a qildi.
Prezident Hasanov bilan suhbatda uning harakati Qirg‘iziston va O‘zbekiston xalqlarining do‘stligi va birligini tarannum etganini alohida ta’kidladi.
“Markaziy Osiyo xalqlari bir-birini qo‘llab-quvvatlab, hamjihatlik, do‘stona munosabatlarni namoyon etishini butun dunyo ko‘rdi. Sport tinchlik elchisi deb ataladi. Siz o‘z namunangiz bilan o‘zaro totuvlikni mustahkamlashga hissa qo‘shdingiz. Birligimiz yanada mustahkamlanishini tilayman”.
Foto: Akipress
Prezidentning qayd etishicha, Hasanov qirg‘izistonlik bokschiga ayni vaqtida yordam bergan.
“Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz minnatdorchilik belgisi sifatida ot sovg‘a qilganlar. Hozirda mashina sovg‘a qilish odat tusiga kirgan bo‘lsa-da, an’ana ruhi o‘zgarishsiz qolmoqda – bu beqiyos xizmatlari uchun hurmat va minnatdorlik ifodasidir”, — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Foto: Akipress
Shuningdek, Japarov Parij Olimpiadasida o‘zbekistonlik sportchilarning yuksak natijalar ko‘rsatganini ham ta’kidlab o‘tgan.
Akmal Hasanov samimiy so‘zlar uchun minnatdorchilik bildirib, Seyitbek uulu bilan yig‘inlarda ko‘p marta uchrashganini, shuning uchun hech ikkilanmay uning murabbiyi bo‘lishga qaror qilganini aytdi.
Ma’lumot uchun, Akmal Hasanov Parijda qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek uuluning 3 ta jangida murabbiylik qildi. Finalda Seyitbek uulu o‘zbekistonlik bokschi bilan jang qildi va mag‘lubiyatga uchrab Olimpiada kumush medali bilan taqdirlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi