21:45 / 11.09.2024
43

Tramp—Harris bahsidan keyin Trump Media aksiyalari 18 foizga tushib ketdi

Tramp—Harris bahsidan keyin Trump Media aksiyalari 18 foizga tushib ketdi
Foto: AFP
AQSH prezidentligiga nomzodlar Donald Tramp va Kamala Harris o‘rtasidagi bahs-munozaradan so‘ng Trump Media aksiyalari AQSH Premarket savdolarida 18 foizga tushib ketdi.

Savdo ma’lumotlariga ko‘ra, Donald Tramp tomonidan yaratilgan Truth ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi Trump Media & Technology Group (TMTG) aksiyalari narxi Nasdaq birjasida 18,25 foizga arzonlashgan.

Trump Media aksiyalari Trampning demokrat raqibi Harris bilan bo‘lib o‘tgan debatidan keyin tushib ketgan. Reuters nashri ta’kidlaganidek, bahs davomida Harris Trampni abortni qo‘llab-quvvatlagani va qonun bilan bog‘liq ko‘plab muammolar bo‘yicha o‘zini himoya qilishga majburlab, unga hujum qilgan. Bloomberg nashri debatdan so‘ng dollar indeksi 0,2 foizga pasayganini qayd etgan.

Tramp—Harris munozarasini bozor ta’siri nuqtayi nazaridan talqin qilish yaqinda e’lon qilinadigan AQSH iste’mol narxlari hisoboti bilan murakkablashishi mumkin”, deb ta’kidlaydi Bloomberg.

Nashr, agar ma’lumotlar iqtisodchilar kutganiga to‘g‘ri kelsa va inflyatsiya nazorat ostida ekanligini ko‘rsatsa, bu treyderlar uchun dollar sotishiga yana bir sabab bo‘lishini qayd etgan.

MLIV ijrochi muharriri Mark Kadmor noyabr oyidagi saylovda kim g‘alaba qozonishiga ishonch hosil qilish “moliyaviy ahmoqlik” bo‘lishini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp—Harris bahsidan keyin Trump Media aksiyalari 18 foizga tushib ketdi