23:20 / 11.09.2024
69

Erdo‘g‘on: “Xalqaro huquq Qrimni Ukrainaga qaytarishni talab qiladi”

Erdo‘g‘on: “Xalqaro huquq Qrimni Ukrainaga qaytarishni talab qiladi”
Foto: Google Images
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya—Ukraina mojarosi Ukraina hududiy yaxlitligi asosida barham topishiga umid bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Qrimning Ukrainaga qaytarilishi “xalqaro huquq talabidir”.

Turkiya qarshi chiqqan va birinchi kundanoq tan olmagan Qrimning anneksiya qilinishi Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga yetkazilgan zararni yanada kuchaytirdi. Uning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashimiz doimiy va Qrimning Ukrainaga qaytarilishi xalqaro huquq talabidir”, dedi Erdo‘g‘on Qrim platformasi yetakchilarining 4-sammitiga yo‘llagan videomurojaatida.

Turkiya prezidenti o‘z murojaatida Qrim tatarlari xavfsizligini ta’minlashni Turkiya tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri deb bilishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “o‘z vatanidan zo‘rlik bilan quvilgan” bu xalqning fojiasi “80 yildan beri tinim bilmadi”.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga platforma doirasida Qrim tatarlarining huquqlarini ta’minlash borasidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi. 2021 yilga kelib Qrimda 250 mingdan ortiq qrim tatarlari istiqomat qiladi.

Bugun, 11-sentyabr kuni Latviyada Qrim platformasi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Bu platforma Qrim masalasini xalqaro siyosiy kun tartibiga qaytarishga qaratilgan. Sammitda Qrimni Ukraina nazoratiga qaytarishning huquqiy, iqtisodiy va siyosiy yo‘llari muhokama qilinadi. 2023 yilda sammit Chexiyada bo‘lib o‘tdi va unda besh qit’adan 70 ga yaqin parlament va parlament assambleyalari ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on: “Xalqaro huquq Qrimni Ukrainaga qaytarishni talab qiladi”