Foto: Iamed
HAMAS AQSH prezidenti Jo Baydenning 31 maydagi rejasiga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini e’lon qildi va har qanday yangi shartlarni rad etdi.
HAMAS bayonotiga ko‘ra, guruh vakili Xalil al-Hayya boshchiligidagi delegatsiya Dohada Qatar bosh vaziri va TIV rahbari Shayx Muhammad bin Abdulrahmon al-Tani hamda Misr razvedka boshqarmasi rahbari Abbos Kamil bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.
HAMAS Baydenning 31 maydagi bayonoti, Xavfsizlik Kengashining 2735-rezolyutsiyasi va 2 iyuldagi kelishuvlarga muvofiq zudlik bilan sulhni amalga oshirishga tayyorligini yana bir bor ta’kidlagan.
Bayonotda qayd etilishicha, harakat o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi shartlarni rad etadi va vositachilarga G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish, asirlarni almashish va Isroil qo‘shinlarining mintaqadan olib chiqib ketilishiga qaratilgan sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiradi.
Jo Bayden 31 may kuni Isroilning yangi uch bosqichli otashkesim rejasi bo‘yicha taklifini e’lon qilgan edi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Baydenning rejasi Isroil tomonidan taklif qilinganidan farq qilishini aytgan va yangi shartlar qo‘shishni talab qilgan. Netanyaxu Isroil armiyasini Netzarim va Filadelfiya koridorlarini ishg‘ol qilishni davom ettirishga, shuningdek, Rafah o‘tish joyini nazorat qilishga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi