10:33 / 13.09.2024
5

Krishtianu Ronalduning obunachilari soni 1 milliardga yetdi

Krishtianu Ronalduning obunachilari soni 1 milliardga yetdi
Foto: The Star
Portugal futbol yulduzi Krishtianu Ronalduning ijtimoiy tarmoqlardagi jami obunachilari soni 1 milliardga yetdi.

Ronaldu Instagram, Facebook, X, YouTube, Kuaishou va Weibo ijtimoiy tarmoqlarida o‘z sahifalari va ko‘p sonli muxlislariga ega.

«Biz tarixga kirdik — 1 milliard obunachi! Bu shunchaki raqamlar emas, bu barchamizning o‘yinga (futbolga) muhabbatimiz, intilishlarimiz mushtarakligi. Madeyra ko‘chalaridan tortib jahonning eng yirik arenalarigacha men doim oilam va siz uchun o‘ynaganman. Biz milliardga yetdik va birgamiz. Menga ishonchingiz va qo‘llaganingiz, hayotimning bir qismi ekanligingiz uchun rahmat. Eng yaxshisi oldinda, kurashishda, g‘alaba qozonishda va tarixni birgalikda yozishda davom etamiz», — Ronaldu X ijtimoiy tarmog‘ida joylagan postida quvonchini shunday ifodaladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Krishtianu Ronalduning obunachilari soni 1 milliardga yetdi