Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ulan-Batorga tashrifi chog‘ida hibsga olmaslik haqidagi qarori tufayli Mo‘g‘ulistonga qarshi demarsh e’lon qilishga qaror qildi. Bu haqda Ukraina TIVning Telegram-kanalida ma’lumot berilgan.
«Mo‘g‘uliston tomoni Rim statutini imzolagan davlat sifatida Putinni Xalqaro Jinoyat Sudi tomonidan hibsga olish to‘g‘risidagi buyrug‘ini bajarishdan bosh tortganidan Ukrainaning hafsalasi pir bo‘ldi», — deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, Kiyev kelajakda Mo‘g‘uliston bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda, shuningdek, xalqaro platformalarda o‘z pozitsiyasini ishlab chiqishda ushbu qarorni hisobga oladi. Shu bilan birga, TIV Ulan-Bator Kiyev bilan do‘stona munosabatlarni tiklash choralarini ko‘rishiga umid qilmoqda.
Vladimir Putin sentyabr oyi boshida Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurgan edi. Bu Rossiya prezidentining hibsga olish uchun order chiqarilganidan keyin XJS yurisdiksiyasini tan olgan mamlakatga birinchi tashrifi edi.
Yevropa Ittifoqi va Ukraina Mo‘g‘uliston rasmiylarini Putinni hibsga olishga chaqirdi, biroq bu amalga oshmadi. Ulan-Batorda Rossiya Federatsiyasi rahbari faxriy qorovul bilan kutib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi