Foto: Getty Images
Shvetsiyadagi Karolinska instituti va London Imperial kolleji olimlari birinchi marta inson immunitet tizimining qaysi jihatlari jinsiy gormonlar tomonidan boshqarilishini aniqladi.
Immunitetdagi nozik farqlar tufayli kasalliklar erkaklar va ayollarga turlicha ta’sir qilishi o‘rganilgandi. Masalan, COVID-19 birinchi marta erkaklarda o‘tkir darajaga chiqqan, ayollarda esa kasallik uzoqroq davom etgan.
Ammo genetika, gormonlar va xatti-harakatlarning immunitet tizimiga bevosita ta’sirini aniqlash qiyin kechayotgandi.
Endilikda gormon terapiyasini olayotgan 23 kishi ishtirokidagi klinik tadqiqotda olimlar immun tizimining qaysi elementlari jinsiy gormonlar tomonidan dinamik ravishda boshqarilishini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Olimlarning aniqlashicha, erkaklarda testosteron darajasining oshishi va estrogen miqdorining kamayishi organizmning infeksiya va yallig‘lanishga nisbatan keskin reaksiyasiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, erkaklarda “sitokin bo‘ronlari” deb ataluvchi o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan haddan tashqari yallig‘lanish reaksiyasiga moyillik yuqori.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Nature jurnalida chop etilgan topilmalar birinchi marta erkaklar va ayollar o‘rtasida infeksiyalar, immun tizimiga oid kasalliklar va saraton xavfidagi farqlarni tushuntirishga yordam beradi.
“Inson immunitet tizimining qaysi qismlari irsiy jinsiy farqlar emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri jinsiy gormonlar bilan tartibga solinishini ilk bor aniqladik, bu nafaqat turli kasalliklarning erkaklar va ayollarga qanday ta’sir qilishini tushunishimizga, balki immunitet kasalliklaridan saratongacha yangi davolash usullarini ishlab chiqishga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, — dedi tadqiqotda qatnashgan olimlardan biri. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari