Foto: Dunyo
Ummon Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ushbu mamlakatning Savdo, sanoat va investitsiyani qo‘llab-quvvatlash, Iqtisod, Moliya, Qishloq xo‘jaligi, Turizm, Oliy ta’lim vazirliklari, Investitsiya agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Sulton Qobus universiteti, Investitsiya banki, Arxiv va qo‘lyozmalar milliy agentligi, shuningdek, Salam Air va Oman Air aviashirkatlari vakillari ishtirok etdi.
Ummon TIV departament rahbari Shayx Ahmad al-Maskariy davra suhbatining ochilish qismidagi nutqida mamlakat tashqi siyosat idorasi tomonidan bunday formatdagi tadbir ilk marotaba o‘tkazilayotganini va O‘zbekiston bilan hamkorlik masalalari birinchilardan bo‘lib muhokama qilinayotganini ta’kidladi. "Ushbu formatdagi birinchi tadbirni O‘zbekiston bilan o‘tkazayotganimiz bejiz emas. Chunki, Ummon O‘zbekistonni Markaziy Osiyoga eltuvchi darvoza deb biladi. O‘z navbatida, O‘zbekiston uchun Ummon Hind okeaniga chiqish uchun darvoza bo‘lib xizmat qilishga tayyor", - dedi u.
Davra suhbati davomida, O‘zbekiston-Ummon aloqalarini barcha sohalarda, xususan iqtisodiy yo‘nalishlarda jadallashtirish xususida fikr almashildi. Ishtirokchilar ikki tomonlama sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni tahlil qildilar va o‘zlarining takliflarini bildirdilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi