Foto: Pravila jizni
“Hotels.com” mehmonxonalarni bron qilish onlayn servisi o‘zining navbatdagi yillik hisobotini e’lon qildi, deb yozadi “Pravila jizni” nashri. Unda dunyo bo‘ylab mehmonxonalarda eng ko‘p unutib qoldiriladigan predmetlar ro‘yxati ham o‘rin oldi.
Mehmonlar asosan telefonni zaryadlovchi qurilmalar, kosmetika vositalari, hojatxona buyumlarini olib ketishni yodidan chiqaradi. Qiziqarlisi, tasodifan qoldirib ketilgan buyumlar orasida qimmatbaho narsalar: 6 million dollarlik Rolex soati va Hermes Birkin sumkasini ham uchratish mumkin.
Bundan tashqari, xorijiy sayyohlar mehmonxonalarda g‘ayrioddiy predmet va hatto hayvonlar: kaltakesak, jo‘ja kabi mitti do‘stlarini qoldirib ketishgan. Qayd etilishicha, uy hayvonlari o‘z egalariga albatta topshirilgan.
Mehmonxonalarda tashlab ketilgan buyumlar orasida qimmatbaho Ferrari mashinasining kaliti, protezlar, avtomobil shinalari va hattoki qurilish quvurlari ham topilgan.
Shuningdek, “Hotels.com” o‘z hisobotida mehmonlarga xizmat ko‘rsatish servisiga kelib tushgan noodatiy so‘rovlar haqida ham ma’lumot berdi. Tashrif buyuruvchilar mehmonxona xodimlaridan vannani Evian suvi bilan to‘ldirishni, uy hayvonlari uchun individual menyu tuzishni va o‘z xonasiga kuygan tost, ikrali hot-dog va yangi sog‘ilgan echki sutini yetkazib berishni so‘ragan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi