Pomidorning asl vatani Janubiy Amerika bo‘lsa-da, ko‘pchilik uni o‘zbekning ikkinchi noni deydi. Sevimli shox taomimiz palovxonto‘ra ham, boshqa taomlarimiz ham pomidorli achchiq-chuchuksiz ketishi qiyin.
Pomidor bilan bog‘liq dunyoda ko‘pgina festivallar o‘tkazilib turiladi. Shulardan eng mashhuri har yili Ispaniyaning Valensiya provinsiyasi, Bunol shahridagi La Tomatina festivalidir.
Mana 71 yildirki, avgustning so‘nggi chorshanbasida mahalliy aholi va sayyohlar hammaga ketma-ket pomidor otishadi. E’tiborlisi, mazkur festivalga jahonning turli burchaklaridan 40 mingdan ortiq sayyoh keladi.
Ilk bora o‘tkazilayotgan va kelgusida Ispaniyadagi kabi minglab insonlar e’tiborini tortadigan Bulung‘urdagi pomidor sayli ham shukuhli va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Tumanning «pomidor qishlog‘i» deyiladigan Fozil Yo‘ldosh mahallasidagi saylda oq kuylakli po‘rim ishtirokchilar bir biriga pomidor uloqtirmasa-da, undan-da qolishmaydigan tadbirlar, badiiy ko‘rinishlar, konsert dasturlari o‘tkazildi.
Tadbirda shuningdek hududlarda yetishtirilayotgan pomidorning turli navlari, ularni parvarishlash usullari, bahosi va o‘ziga xosligi haqida ma’lumotlar, ilmiy ishlanmalar, yangi navlar haqidagi ma’lumotlar ulashildi.Ishlab chiqarish korxonalarining mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyish etildi, hosil yetishtiruvchilar va ishlab chiqaruvchilarning har ikkisi uchun ham manfaatli hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. Tadbirkorlar tomonidan pomidor mahsulotlaridan tayyorlangan tayyor va yarim tayyor mahsulotlar, salqin ichimliklardan namunalar taqdimot qilindi.
Tadbir davomida e’tiborimizni tortgani, pomidorlarni biz sog‘ingan o‘sha qadrdon navlarini uchratganimiz bo‘ldi.Tatib ko‘rsak o‘sha ta’m. Sir emas, keyingi paytlarda xariddagi pomidorlar cho‘zinchoq, suvsiz va kamiga sertomirlashayotgandek. Shuningdek, ular avvalgi xushbo‘y hididan ham mosuvo bo‘layotgandek. Nega shunday? Shu savol bilan bulung‘urlik usta dehqon Narzulla Xudoyberdiyevga yuzlandik.
— Mavridi kelganda bir gapni aytmay iloj yo‘q. Gibrid va genetik o‘zgartirilgan nav, albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Siz ushlab turgan pomidor qattiq bo‘lsa-da, kasallikka chidamli, sotuvga chiqarishga qulay, tez aynib qolmaydi. Yetishtiruvchilar uchun muhimi shu. Albatta, avvalgi navlar ham yo‘qolib ketgani yo‘q. Mana o‘zim urug‘ini olib, tomorqamda yetishtiradigan shirin pomidor. Buni istalgan sharoitda yetishtirishi mumkin, — deydi Narzulla Xudoyberdiyev.
Pomidor yetishtirish oson ish emas. Biz istagan shirin va sersuv nav, keyingi yillarda ko‘p tegayotgan kasalliklardan va hashoratlardan tez zararlanayotgan ekan. Shu maqsadda pomidor saylida dehqonlar va seleksioner olimlar bu borada bamaslahat ish ko‘rishib, kelgusida hammabop totli navlarni yetishtirish borasida kelishib oldilar.
«Pomidor sayli» doirasida turli nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar e’lon qilingan bo‘lib, tadbir davomida g‘oliblar taqdirlandi. Jumladan, «Eng yaxshi bezatilgan pavilon» nominatsiyasi bo‘yicha Bulung‘ur tumani 1-o‘rin, Jomboy tumani 2-o‘rin, Toyloq tumani esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, bulung‘urlik Qulmatov Jomonqul «Eng namunali tomorqachi», Islomov Sirojiddin esa «Eng namunali fermer», deb topildi. «Eng namunali qayta ishlovchi tashkilot» kabi yo‘nalishi bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlandi.
Festivalda namoyish etilgan pomidorlar ishtaha ocharligi bilan bir qatorda, inson salomatligiga ham juda foydali.U o‘zining boy tarkibi tufayli yurak qon tomir kasalliklarining oldini oladi. Arterial qon bosimini me’yorlashtirish, aterosklerozni rivojlanishiga to‘sqinlik qilish hamda qondagi «yomon xolesterin»ni kamaytirish xususiyatiga ega. Shu bilan birga pomidor qondagi qand miqdorini nazorat qiladi, inson o‘zini yaxshi his qilishiga hissa qo‘shib, ochlik, qandli diabet hamda boshqa surunkali kasalliklarni oldini oladi. Ushbu mahsulot tarkibida C vitamini miqdori limondagidan ham ko‘proq bo‘ladi. Ushbu vitamin to‘qima hujayralari, milk, qon tomir hamda tish suyaklarining o‘sishi va tiklanishi uchun muhim sanalib, immunitetni mustahkamlaydi.
O‘z navbatida, siz o‘zingiz hohlagan yaxshi nav pomidordan tatib ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi Bulung‘urga keling...
Shuhrat Normurodov
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi