17:42 / 16.09.2024
50

Kreml Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi

Kreml Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi
Prezidentlikka nomzod Donald Trampni o‘ldirishga urinishda gumonlanuvchi va Ukraina o‘rtasidagi bog‘liqlik Moskvani emas, Vashingtonni tashvishga solmoqda, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Fox News telekanali xabariga ko‘ra, 58 yoshli Rayan Uesli Rut sobiq prezident Donald Trampga suiqasd uyushtirishda gumon qilinib, qo‘lga olingan. Kongress a’zosi Teylor Grinning ta’kidlashicha, gumonlanuvchi Ukrainadagi urushdan «ta’sirlangan», Kiyevga tashrif buyurgan va Ukraina Qurolli kuchlari safiga xorijliklarni jalb qilgan. Bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.

«Bu yerda biz emas, AQSH maxsus xizmatlari o‘ylashlari kerak, har holda, olov bilan o‘ynashning o‘z oqibati bor, shuning uchun birinchi navbatda, bu AQSH maxsus xizmatlari uchun katta tashvish va bosh og‘riq bo‘lishi kerak», — deydi Peskov.

Trampga suiqasdga urinish 15 sentyabr kuni Floridadagi golf klubida sodir bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, maxfiy xizmat xodimlari butalar orasida yashiringan gumonlanuvchiga qarata o‘q uzgan. Erkak mashinada qochishga uringan, biroq qo‘lga olingan. U qochgan joyda optik nishonga ega AK-47 avtomati, ikkita ryukzak va kamera topilgan. Amerika hukumati bu hodisani Trampga suiqasd sifatida baholadi.

Bu Trampga suiqasd qilishning ikkinchi urinishi edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kreml Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi