Foto: RBK
Rossiyaning Moskva oblasti davlat yo‘l inspeksiyasi (GIBDD) xodimlari Stupino rayonida uch nafar bola jarohat olgan YTH sabablarini aniqlamoqda. Rossiya matbuotiga ko‘ra, jarohatlangan bolalarning ikki nafari tojikistonlik, uchinchisi esa o‘zbekistonlik.
Hodisa 13 sentyabr kuni kechqurun Stupino rayonidagi Mixnevo qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Omoda» rusumli avtomashinani boshqarayotgan 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi kattalar hamrohligisiz piyodalar o‘tish joyidan tashqarida yo‘l qismini kesib o‘tayotgan 2017, 2018 va 2019 yillarda tug‘ilgan uch nafar voyaga yetmagan bolani urib yuborgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan bolalar tibbiy muassasaga yetkazildi», deyiladi Rossiya IIV Moskva oblasti bo‘yicha Bosh boshqarmasi xabarida.
Aniqlanishicha, haydovchi Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva oblasti bo‘yicha bosh boshqarmasi yo‘l politsiyasi bo‘limlaridan birining xodimi bo‘lib, voqea sodir bo‘lgan paytda hushyor bo‘lgan.
«Moskovskiy komsomoles» yozganidek, 4 va 7 yoshli tojikistonlik ikki aka-uka va 5 yoshli o‘zbekistonlik mashina g‘ildiraklari ostida qolgan. Ularning barchasi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd qilinishicha, jabrlangan tojikistonliklarning ota-onasi migrantlar: otasi ishsiz, onasi kassir bo‘lib ishlaydi. O‘zbekistonlik bolaning otasi ham ishsiz ekani ta’kidlangan.
Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi