Foto: AP Photo
Kiyev jangarilar otryadi evaziga “Hayat Tahrir ash-Sham” harbiy guruhiga dronlar partiyasini topshirdi. Bu haqda Suriya muxolifatidagi xabardor manbaga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.
“'Hayat Tahrir ash-Sham' guruh ichidan tajribali jangarilar va yetakchilarni topshirish evaziga Ukraina tomondan dronlarni oldi”, dedi nashr suhbatdoshi.
Unga ko‘ra, Kiyev tajribali chechen va uyg‘ur yetakchilaridan Ukraina armiyasida jangovar harakatlarda qatnashadigan yollanma askarlardan iborat qurolli guruhlar tuzishni talab qilgan. Qayd etilishicha, Idlib viloyatidagi Suriya—Turkiya chegara hududida Ukraina vakillari va suriyalik jangarilar o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Suriyaning “Al-Vatan” nashriga ko‘ra, Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov “Hayat Tahrir ash-Sham”ning yetakchisi Abu Muhammad Julaniy bilan doimiy aloqada.
“Ular Rossiyaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashish uchun jangarilarni yollash masalasini muhokama qilmoqda. Birinchi navbatda, qabul qilish postsovet hududidagi mamlakatlardan kelgan muhojirlar orasida amalga oshirilmoqda, Ukrainaga yuborish uchun tayyorgarlik kamida ikki oydan beri davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Ukraina razvedka xizmati emissarlari Suriyadagi Idlib deyeskalatsiya zonasida ekanini, u yerda jangarilarni yollashayotgani haqidagi ma’lumotlarni Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ham tasdiqlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi