Foto: AP
Rossiyaning Kursk viloyatidagi qarshi hujumi to‘xtatildi, hududning bir qismi Ukraina nazorati ostida qolmoqda. Bu haqda Ukraina armiyasiga tayanib AFP xabar berdi.
“Rossiya qo‘shinlari yon tomon qanotlaridan hujumga o‘tishga harakat qildi, ammo ular to‘xtatildi, vaziyat barqarorlashdi. Bugun hamma narsa bizning nazoratimiz ostida, ular muvaffaqiyatga erisha olmadi”, deydi Kursk viloyati harbiy komendaturasining vakili Aleksey Dmitrashkovskiy.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina QK tomonidan bosib olingan hududda bir necha ming nafar rossiyalik tinch aholi vakillari qolmoqda.
Ukraina armiyasining Kursk viloyatiga hujumi
6 avgust kuni Ukraina QK bo‘linmalari Kursk viloyatidagi hududlarni egallab olish maqsadida hujumga o‘tgan edi. 22 avgust kuni Ukraina aviatsiyasi Amerikaning yuqori aniqlikdagi GBU-39 bombalaridan foydalangan holda Kursk viloyatidagi rossiyaliklarning vzvod tayanch punktiga hujum qilgani xabar berilgandi.
Natijada dronlarni boshqarish markazi, radioelektron kurash bo‘linmasi, texnika, qurollar va 40 nafargacha rus harbiysi yo‘q qilingan. GBU-39 yoki GLSDB — AQSHning yuqori aniqlikdagi boshqariladigan aviabombasi. U harbiy yordam doirasida Ukraina armiyasiga yetkazib berilgan.
Aviabombaning og‘irligi 130 kilogramm bo‘lib, maksimal ta’sir radiusi 110 kilometrni, nishonga urish aniqligi esa 5 metrdan 8 metrgacha oraliqni tashkil etadi.
2 sentyabr kuni Ukraina prezidenti Kursk viloyatidagi operatsiya reja bo‘yicha o‘tayotgani va o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilayotganini ma’lum qilgan. U Ukraina armiyasi 100 dan ortiq aholi punkti joylashgan Kursk viloyatida 1300 kvadrat kilometr maydonni nazoratga olganini qayd etgan.
Forbes nashriga ko‘ra, Ukraina QK Kursk yo‘nalishi bo‘yicha yangi — tez harakat qilish va minglab rus harbiylarini o‘rab olish strategiyasiga ega bo‘lishi mumkin.
Ukraina yetakchisi rus qo‘shinlari 12 sentyabr kuni Kursk viloyatida qarshi hujumga o‘tgani haqida xabar bergan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, avvalroq Ukraina armiyasi tomonidan bosib olingan o‘nta aholi punkti ustidan “nazorat tiklangani” haqida xabar bergan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”