Foto: Anadolu
Niderlandiya hukumati Yevropa Ittifoqining migratsiya qoidalariga rioya etilishi zarurligini e’lon qildi. Bu haqda mamlakatning boshpana masalalari bo‘yicha vaziri Marjoleyn Faber o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yozib qoldirdi.
«Hozirgina Yevropa komissiyasini Niderlandiya uchun Yevropada migratsiya qoidalaridan «voz kechish»da muvaffaqiyatga erishishim haqida xabardor qildim. Biz boshpana taqdim etish borasidagi siyosatimiz ustidan nazoratni qaytarib olishimiz kerak», — deydi siyosatchi.
Uning taklifini Niderlandiyadagi eng yirik o‘ng partiyalardan biri bo‘lgan Ozodlik partiyasi (PVV) yetakchisi Gert Vilders ilgari surdi. Milliy parlamentdagi chiqishida u mazkur qadam uzoq vaqt olishini, ammo «yangi shaboda esayotganining alomati borligini» ma’lum qildi. Shuningdek, u X ijtimoiy tarmog‘idagi (sobiq Twitter) sahifasiga vazir Faber «tarix bitayotgani» haqida yozib qoldirdi.
Shu bilan birga, Niderlandiyani Yevropa Ittifoqi migratsiya tizimidan chiqarib yuborish uchun ittifoqqa a’zo 27 davlatning barchasini roziligi kerak bo‘ladi.
2024 yil mayda YEI davlatlari xalqaro migratsiya islohotlarini yakunladi. «Ruxsat berish to‘g‘risidagi memorandum» o‘z yurtidan uzoqda bo‘lgan shaxslarga boshpana topish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi. Yevropa Ittifoqiga qolishga ruxsat olish uchun berilgan muddat qisqa ekaniga qaramay, ular tezroq deportatsiya qilinadi va chegarada tegishli qarorlar qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”