Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida amerikalik milliarder va Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask urush zonasiga jo‘natilgan Cybertruck elektr pikapini o‘chirib qo‘yganidan shikoyat qildi.
«Ilon Mask yaxshi ish qilmadi. Qimmatbaho sovg‘alarni chin yurakdan beradi, keyin esa masofadan turib o‘chiradi», — degan Qodirov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Mask kiber yuk mashinasini masofadan turib o‘chirib qo‘ygan».
Qodirov avvalroq Ilon Maskdan Cybertruckni sovg‘a sifatida olganini e’lon qilgan va Chechenistonda elektromobilga og‘ir avtomat o‘rnatilganini qo‘shimcha qilgan. Qodirovning o‘zi, o‘z so‘zlariga ko‘ra, mashinani Grozniy bo‘ylab haydab, uni «tom ma’noda sevib qolganini» tan oldi.
Checheniston rahbari, shuningdek, milliarderga «samimiy minnatdorchilik izhor qildi» va uni «zamonamizning eng kuchli dahosi va mutaxassisi» deb atadi. Mask, o‘z navbatida, Qodirovga mashina bermaganini aytdi. Tesla ham Qodirovga mashina berilganini tasdiqlamadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi