17:08 / 20.09.2024
34

Isroil “Hizbulloh” peyjerlarini portlatish uchun 15 yil tayyorlangan

Isroil “Hizbulloh” peyjerlarini portlatish uchun 15 yil tayyorlangan
Foto: Getty Images
Isroil shu hafta Livanda portlagan peyjerlarni ishlab chiqarishga aloqador, yahudiy davlati ushbu operatsiyani 15 yil davomida rejalashtirgan. Bu haqda ABC xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, buning uchun Isroil razvedka xodimlarini jalb qilgan va bir nechta soxta kompaniyalardan foydalangan. Ushbu korxonalarning ayrim xodimlari aslida kimga ishlayotganidan bexabar bo‘lgan. Shunday kompaniyalardan biri Budapeshtda ro‘yxatdan o‘tgan BAC Consulting bo‘lib, u Tayvanning Gold Apollo brendi ostida peyjerlar ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma tuzgan.

Biroq Vengriya hukumati vakili bu peyjerlar mamlakatda “hech qachon bo‘lmagan”ini, kompaniya esa “Vengriyada ishlab chiqarish yoki operatsion maydonchasiga ega bo‘lmagan savdo vositachisi” ekanini aytdi. Livanga yuborilgan peyjerlarning har biri taxminan 30-50 gramm portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan va masofadan boshqarilgan. Isroil manbalari portlashlarga aloqadorligini yashirincha tasdiqlamoqda.

17 sentyabr kuni Livanda “Hizbulloh” a’zolari foydalangan yuzlab peyjerlar portladi. Ertasi kuni butun mamlakat bo‘ylab boshqa elektron qurilmalar, jumladan, noutbuklar va ratsiyalar portlay boshladi. 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, minglab odamlar jarohatlandi.

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Livan bilan chegaraga kuchlar va resurslar ko‘chirilayotganini aytdi. “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh hodisada Isroilni ayblab, u barcha qizil chiziqlarni kesib o‘tganini aytdi. Nasrulloh bu harakatlarni urush e’lon qilish bilan teng deb atadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil “Hizbulloh” peyjerlarini portlatish uchun 15 yil tayyorlangan