Isroil shimolidagi Kiryat-Byalikda «Hizbulloh» zarbasi oqibatlari. Foto: EPA
Tunda «Hizbulloh» Livandan Isroil shimoliga o‘nlab raketalar bilan hujum uyushtirdi. Butun tun davomida havo hujumidan ogohlantiruvchi sirenalar chalingan. Isroil armiyasi ma’lumotiga ko‘ra, uchirilgan 105 ta raketadan aksari tutib qolingan, ammo ayrim uylar shikastlangan.
«Hizbulloh» hafta avvalida guruh a’zolarining peyjerlari va ratsiya vositalari portlatilishi uchun javob sifatida sanoat va harbiy obyektlar bo‘ylab zarbalar yo‘llanganini ma’lum qilgan.
Isroil esa juma kuni Bayrutga yo‘llangan aviazarba oqibatidan Livan bo‘ylab hujumlarni davom ettirmoqda, ikki kun oldingi hujum oqibatida, Isroil mudofaa armiyasiga ko‘ra, «Hizbulloh»ning bir necha qo‘mondoni halok bo‘lgan. Livan 45 kishi o‘limi to‘g‘risida xabar bergan.
Shanba kuni Isroilning o‘nlab harbiy samolyotlari Livan janubi bo‘ylab zarbalar yo‘lladi. Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniel Hagari bu hududda «Hizbulloh»ning Isroilga zarba berish uchun o‘rnatilgan qurollari joylashtirilgani aniqlanganini aytgan.
Bundan oldinroq isroillik harbiylar 180 ga yaqin uchirish nuqtalari bo‘ylab zarbalar yo‘llanishi oqibatida «Hizbulloh»ning 1000 dan ortiq raketasi yo‘q qilingani haqida xabar bergandi.
Yakshanba tongida SAHAL Isroil shimolidagi hamda Jo‘lan tepaliklarining ayrim hududlarida yashovchi aholi uchun cheklovlar kuchaytirilgani haqida xabar berdi. Xususan, odamlarga ochiq joylarda 10 dan ortiq kishi to‘planishi taqiqlangan. Ishga va o‘qishga faqat u yerlarda maxsus jihozlangan yerosti boshpanalari bo‘lgan holatda borishga ruxsat beriladi. Bu cheklovlar Isroilning yirikligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turuvchi shahri Hayfada ham amal qiladi.
Livanning Isroil bilan chegaradosh hududining zarbalardan keyingi ko‘rinishi. Foto: Reuters
Yakunlangan haftada Livanda «Hizbulloh» a’zolari mobil telefonlar o‘rniga foydalanadigan peyjerlar va ratsiya vositalari masofadan turib portlatilishi oqibatida uch mingdan oshiq kishi yaralanib, 39 kishi halok bo‘lgandi.
«Hizbulloh» yetakchisi Hassan Nasrulloh bunda Isroilni ayblagan. Isroil esa bu portlashlar uchun javobgarlikni rasman o‘z zimmasiga olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”