18:28 / 22.09.2024
203

Rossiyaning “Sarmat” qit’alararo ballistik raketasi portlab ketdi

Rossiyaning “Sarmat” qit’alararo ballistik raketasi portlab ketdi
Foto: Getty Images
Rossiyaning Arxangelsk viloyatidagi “Plesetsk” kosmodromida RS-28 “Sarmat” qit’alararo ballistik raketasi sinov vaqtida portlab ketdi. Bu haqda OSINT-tahlilchisi xabar berdi.

Tahlilchilar ochiq razvedka manbalaridan ma’lumotlarni to‘plagan. Raketa portlagani haqidagi xulosa sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar asosida tuzilgan bo‘lib, ularda portlashdan keyingi krater aks etgan.

Raketa shaxtada portlab, o‘zidan ulkan krater qoldirib, sinov poligonini vayron qildi. 'Sarmat' suyuq yonilg‘ili raketa bo‘lgani sababli, bu falokat uchirishga tayyorgarlik harakatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ham sodir bo‘lishi mumkin”, deydi tahlilchi.
Poligon hududidagi yong‘in NOAA-20 va SUOMI NPP sun’iy yo‘ldoshlari tomonidan qayd etilgan.

“Sarmat” qit’alararo ballistik raketasi

Agar bu yonilg‘i quyish jarayonida kuzatilgan bo‘lsa, hodisa kuni Cobra Ball parvozi qayd etilmaganini shu orqali izohlash mumkin”, deydi tahlilchi.

“Agenstvo” nashriga ko‘ra, gap AQSHning Boeing RS-135S Cobra Ball razvedka samolyoti haqida ketmoqda. Bu samolyot “Sarmat” raketasi sinovini kuzatish maqsadida Alyaskadagi AQSH harbiy bazasidan uchib ketgan, biroq raketaning uchirilishi qayd etilmagan.

“Sarmat” raketasining “birinchi va oxirgi” muvaffaqiyatli uchirilishi Rossiyada 2022 yil 20 aprelda amalga oshirilgan. Agar ushbu muvaffaqiyatsiz sinov haqidagi ma’lumotlar tasdiqlansa, bu to‘rtinchisi bo‘ladi.

O‘z navbatida, “Ozodlik radiosi” Rossiya Mudofaa vazirligi aprel oyida Astraxandagi Kapustin Yar poligonida qit’alararo ballistik raketa muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar berganini eslatadi. O‘shanda raketaning nomi ko‘rsatilmagan.

2023 yil sentyabrda “Roskosmos” davlat korporatsiyasi “Sarmat” strategik raketa majmuasi “jangovar navbatchilikka qo‘yilganini” ma’lum qilgandi.

Vladimir Putin 2018 yilda Federal majlisga murojaatida “Sarmat” raketasi nafaqat Shimoliy, balki Janubiy qutb orqali ham nishonlarga hujum qila olishini, raketaga qarshi mudofaa tizimidan o‘tishini va katta quvvatli, jumladan, gipertovushli yadroviy zaxiralarni olib o‘tishini aytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning “Sarmat” qit’alararo ballistik raketasi portlab ketdi