14:00 / 23.09.2024
64

O‘zbekistonliklar Xorvatiyaga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonliklar Xorvatiyaga ishga taklif qilinmoqda
O‘zbekistonliklar Xorvatiyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, ish turi: qolipchi (opalubshik), armaturachi (armaturshik), parket yotqizuvchi (parketchik), shtukaturkachi (shtukaturshik), kranchi (kranovshik), ekskavatorchi (ekskavatorshik). Nomzodlar uchun talablar:

- 18-50 yosh;
- rus yoki ingliz tillarini bilish;
- soha bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasi (tasdiqlovchi hujjat bilan);
- sudlanmagan;
- xorijga chiqish taqiqlanmagan;
- jismonan va ruhan sog‘lom;
- zararli odatlardan holi.

Ish haqi oyiga 1000 yevrodan boshlanadi. Yotoqxona va transport xarajatlari ish beruvchi hisobidan. Fuqaro hisobidan esa viza to‘lovi, aviachipta, agentlik to‘lovi.

Ro‘yxatdan o‘tish

O‘zbekistonlik ish izlovchilarning 31 foizi yaxshi ish taklifi chiqib qolsa, chet elga ko‘chib o‘tishga tayyor.

Bu ichki mehnat bozoriga ham, davlat bandlik siyosatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Globallashuv va kadrlar uchun raqobatning kuchayishi sharoitida o‘zbekistonlik ko‘plab mutaxassislar mamlakatdan tashqarida kasbiy va shaxsiy rivojlanish uchun eng yaxshi sharoitlarni topishga intilmoqda.

Xorijga ketishning asosiy sabablari iqtisodiy omillar, yangi tajribaga intilish va hayot sifatini yaxshilash. Shu sababli ish beruvchilarga O‘zbekistonda yuqori malakali kadrlarni saqlab qolish uchun raqobatbardosh sharoitlar yaratish muhim.

Mehnat migratsiyasiga bo‘lgan qiziqishning ortishi mahalliy mehnat bozori uchun yangi muammolarni keltirib chiqarayotgani aytildi. Ish beruvchilar mutaxassislarning xorijga ketishini kamaytirish uchun ish sharoitlari va karyera o‘sishini yaxshilashga e’tibor qaratishi kerak.

Mamlakatda eng ko‘p bo‘sh ish o‘rinlari chakana savdo, qurilish, umumiy ovqatlanish, ishlab chiqarish va ta’lim sohalarida shakllanishda davom etmoqda. O‘zbekistonda 2023 yil yakuni bo‘yicha jami ish bilan band bo‘lgan aholi soni 312 ming kishiga oshgan. Joriy yil yanvar–mart oylarida mehnat bozoridagi bo‘sh ish o‘rinlari soni qariyb 36,8 mingtani tashkil etib, 2023 yil dekabr oyi ko‘rsatkichlariga nisbatan 14 foizga oshgan.

2024 yilning birinchi choragida respublikada ish haqining nominal o‘sish sur’ati yillik 19,8 foizni, inflyatsiyani hisobga olgan holda esa 9,8 foizni tashkil etgan. Xususan, savdo (24,4 foizga) hamda axborot va aloqa (23,5 foizga) sohalarida yuqori ko‘rsatkichlar saqlanib qolgan. Qurilish sohasida mehnat resurslari taklifining o‘sishi hisobiga ish haqi o‘sishi pastroq shakllanmoqda (6,6 foiz).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonliklar Xorvatiyaga ishga taklif qilinmoqda