Foto: Getty Images
Yevropa davlatlari qachondir Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda bo‘lib o‘tgan xalqaro tinchlik konferensiyasida ma’lum qildi.
“Biz Yevropa siyosiy hamjamiyatini rivojlantirishga harakat qilmoqdamiz, lekin Yevropani tashkil etishning yangi shakli haqida o‘ylashimiz, keyin esa ushbu qit’ada tinchlikni ta’minlash uchun Rossiya bilan aloqalarimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak bo‘ladi”, deydi siyosatchi.
Fransiya prezidenti Yevropa YEI va NATO bilan chegaralanib qolmasligini ta’kidlagan. Xususan, Makron xalqaro tashkilotlarda “aholi zich joylashgan mamlakatlar”ning ko‘proq ishtirok etishini yoqlagan. U bu masalani BMT Bosh assambleyasining 79-sessiyasida ko‘tarish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.
2022 yil iyun oyida Makron Ukrainadagi janglar to‘xtatilgandan so‘ng mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun G‘arb yetakchilari “Rossiyani kamsitmasliklari” kerakligini aytgan edi.
Makronning so‘zlari Ukrainada tanqidlarga sabab bo‘lgan: o‘sha paytdagi Ukraina TIV rahbari Dmitriy Kuleba bunday bayonotlar “Fransiyani va shunga o‘xshash chaqiriqni amalga oshiradigan har qanday boshqa davlatni faqat kamsitishi mumkin”ligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi