23:57 / 23.09.2024
73

Netanyaxu Livan xalqiga murojaat qildi

Netanyaxu Livan xalqiga murojaat qildi
Foto: AP Photo
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Livan aholisiga noodatiy videomurojaat yo‘llab, ularni “Hizbulloh” harakati qurol saqlaydigan hududlarni tark etishga chaqirdi.

Livan xalqi! Isroil siz bilan emas, 'Hizbulloh' bilan urush qilmoqda. Juda uzoq vaqt u sizdan tirik qalqon sifatida foydalandi. Yashash joylaringizga raketalarini joylashtirdi. Bu raketalar va snaryadlar to‘g‘ridan to‘g‘ri shaharlarimizga va fuqarolarimizga qaratilgan, xalqimizni 'Hizbulloh' hujumlaridan himoya qilish uchun biz bu qurollarni yo‘q qilishimiz kerak”, dedi bosh vazir.

Bosh vazir, shuningdek, Isroil armiyasining livanliklarni “Hizbulloh” qurollari joylashtirilgan hududlarni tark etishga chaqirgan ertalabki chaqirig‘ini eslagan.

Bu ogohlantirishni jiddiy qabul qilishingizni so‘rayman. 'Hizbulloh' sizning va yaqinlaringizning hayotini xavf ostida qoldirishiga yo‘l qo‘ymang. U Livanni xavf ostiga qo‘yishiga yo‘l qo‘ymang”, deya qo‘shimcha qilgan Netanyaxu.

Avvalroq harakat yetakchisi Hasan Nasrulloh Isroilning harakatlari “barcha qizil chiziqlarni kesib o‘tgani” va bunday hujumga javob yaqin kelajakda amalga oshirilishini aytgan edi. Isroil, o‘z navbatida, Isroilga qarshi har qanday tajovuzkor harakatlar Livan uchun keng ko‘lamli vayronkor oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu Livan xalqiga murojaat qildi