08:25 / 24.09.2024
41

Rossiya TIV o‘rinbosari: “Agar AQSH yadro sinovlaridan voz kechsa, biz ham ularni o‘tkazmaymiz”

Rossiya TIV o‘rinbosari: “Agar AQSH yadro sinovlaridan voz kechsa, biz ham ularni o‘tkazmaymiz”
Foto: Google Images
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov mamlakatning yadroviy sinovlar o‘tkazish ehtimoli bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmaganini ma’lum qildi.

Ryabkov agar AQSH sinovdan bosh tortsa, Rossiya ham ularni o‘tkazmasligini, shu bilan birga, “Novaya Zemlya” poligonining infratuzilmasi to‘liq tayyor ekanligini ta’kidladi.

Hech narsa o‘zgarmadi. Rossiya Federatsiyasi prezidenti belgilagan va shakllantirganidek, biz bunday sinovlarni o‘tkazishimiz mumkin, ammo Qo‘shma Shtatlar sinovdan voz kechsa, biz ham ularni o‘tkazmaymiz”, dedi Sergey Ryabkov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Novaya Zemlya” poligonining infratuzilmasi sentyabr oyida AQSH harakatlariga javoban shay holatga keltirildi, chunki so‘nggi bir necha yil ichida Vashington yadro sinovlari o‘tkaziladigan poligon infratuzilmasini yaxshilashga e’tibor qaratgan.

Sergey Ryabkov AQSHning Filippindagi Typhon raketa tizimlarini qoldirish rejasini “xavotirli” deb atadi. “Vaziyatni baholab, mutaxassislar tomonidan tahlil qilingan ma’lumotlar bo‘yicha xulosalarga qarab barcha zarur qarorlar qabul qilinadi”, dedi vazir o‘rinbosari.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mart oyida AQSH yadroviy sinovlarni qayta tiklash masalasini ko‘rib chiqayotganini aytgan edi. U bu holatda Rossiya ham shunday qilishi mumkinligini inkor etmadi. Rossiya o‘zining zamonaviy tarixida yadro sinovlarini o‘tkazmagan. AQSH esa oxirgi yadroviy sinovini 1992 yilda o‘tkazgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya TIV o‘rinbosari: “Agar AQSH yadro sinovlaridan voz kechsa, biz ham ularni o‘tkazmaymiz”