19:19 / 24.09.2024
52

Rossiya qurol omborlarining ukrain dronlari hujumidan keyingi ko‘rinishi e’lon qilindi

Rossiya qurol omborlarining ukrain dronlari hujumidan keyingi ko‘rinishi e’lon qilindi
Ukrain harbiylari so‘nggi kunlarda Rossiya armiyasining Tver oblastidagi ikkita o‘q-dori omboriga — Toropes va Oktyabrskiydagi omborlarga dronlar orqali zarbalar berdi. «Meduza» Maxar Technologies kompaniyasi tomonidan olingan, dronlar orqali ushbu omborlarga yo‘llangan zarbalar oqibatlari aks etgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini namoyish etdi.

RF mudofaa vazirligi Bosh raketa-artilleriya boshqarmasining Tver oblasti Toropes shahridagi 107-arsenalida 18 avgustga o‘tar kechasi uyushtirilgan dronlar hujumi oqibatida yirik yong‘in ro‘y bergan. Shahar aholisining bir qismi evakuatsiya qilingan, dronlar hujumidan bir necha kun o‘tib ham o‘q-dorilar portlashi davom etgan.

Toropetsdagi o‘q-dori ombori. 2024 yil 22 sentyabr
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA

21 sentyabrga o‘tar kechasi ukrain dronlari Tver oblastidagi yana bir o‘q-dori omboriga zarba berdi — bu safar boshqarmaning Oktyabrskiy posyolkasidagi 23-arsenali hujumga uchragan. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi MT Anderson OSINT-tadqiqotchisi kelgan xulosaga ko‘ra, Oktyabrskiyda o‘q-dorilar detonatsiyasi oqibatida «58 dan ortiq ombor binolari va ko‘p sonli ochiq maydonchalar kulga aylangan yoki jiddiy shikastlangan».

Oktyabrskiyda shikastlangan temiryo‘l va stansiya. 2024 yil 22 sentyabr
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA


Oktyabrskiydagi arsenal dronlar hujumidan keyin. 2024 yil 22 sentyabr
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA


Oktyabrskiydagi o‘q-dorilar ombori. 2024 yil 22 sentyabr
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya qurol omborlarining ukrain dronlari hujumidan keyingi ko‘rinishi e’lon qilindi