Foto: AP
AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp saylovoldi shtab-kvartirasiga ko‘ra, Erondan unga nisbatan “haqiqiy va aniq o‘lim tahdidi” haqida xabar berildi.
“Maxsus xizmatlar so‘nggi oylarda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodga qarshi doimiy va muvofiqlashtirilgan hujumlar soni ko‘payganini aniqladi. Bu o‘lim tahdidlarining maqsadi AQSHni beqarorlashtirish va uni tartibsizlik holatiga tushirishdir”, deydi Tramp saylovoldi kampaniyasi tashviqotchisi Stiven Chung.
O‘tgan hafta Federal qidiruv byurosi (FQB) va boshqa AQSH razvedka agentliklari eronlik xakerlar Trampning saylovoldi shtabi ma’lumotlarini o‘g‘irlab, amaldagi prezident Jo Baydenning saylovoldi shtabiga jo‘natgani haqida xabar bergan edi. Avgust oyida esa Tramp jamoasi xakerlik hujumiga uchragandi.
Amerika siyosatchilariga suiqasd uyushtirish
Avgust oyi boshida AQSH rasmiylari amerikalik siyosatchilarga suiqasd uyushtirish fitnasini Eron bilan muvofiqlashtirganini e’lon qilgan. Fitna ishtirokchilarining nishonlaridan biri Donald Tramp ekani aytilgan.
Eron Trampga qarshi fitnaga aloqadorlik va AQSHdagi saylov kampaniyasiga aralashish ayblovlarini rad etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi