Sud tadbirkor va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovni garov evaziga ozod qilganidan keyin u Parijdagi hashamatli Hotel de Crillion mehmonxonasiga joylashdi. Bu haqda Fransiyaning Le Monde nashri yozmoqda.
«Sud nazorati doirasida bir necha oy Fransiyada qolishga majbur bo‘lgan Pavel Durov hashamatli Crillion mehmonxonasidan joy topdi», deb yozadi gazeta.
Nashrning aniqlik kiritishicha, mehmonxona Parijning markaziy ko‘chasi – Yelisey maydoni yaqinida joylashgan. Nashrning yozishicha, tadbirkor ozodlikka chiqqanidan beri doimiy ijaraga olish uchun boshqa uy-joy qidirib yurgan.
Shu bilan birga, nashrning yozishicha, Durov hibsga olinganidan so‘ng darhol fransuz milliarderi Ksave Nelning kvartirasida qolgan.
Eslatib o‘tamiz, sud Durovga Fransiyani tark etmaslik shartini qo‘ygan.
Avvalroq Telegram qonuniy talablarga javoban huquq-tartibot idoralariga qoidalarni buzgan shaxslarning IP manzillari va telefon raqamlarini oshkor qilishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi