19:19 / 26.09.2024
49

Aktrisa Zendaya mashhurlik yuki unga og‘irlik qilayotgani haqida: “Oddiy inson bo‘lishni istayman”

Aktrisa Zendaya mashhurlik yuki unga og‘irlik qilayotgani haqida: “Oddiy inson bo‘lishni istayman”
Foto: Hollywood Reporter
Biz havas qiladigan va namuna sifatida kuzatadigan yulduzlarning doimiy muxlislar va jurnalistlar e’tiborida bo‘lishi va bir daqiqaga ham erkin yura olmasligi ular uchun qanchalik qiyinligi barchaga ayon. Nyu Yorkda bo‘lib o‘tgan “Dyuna: Ikkinchi qism” filmining premerasida aktrisa Zendeya jurnalistlarga qisqa intervyu berdi.

Zendeyaning aytishicha, yosh aktrisa mashhurlikni og‘ir yuk sifatida his qilmoqda. Yulduz uchun birinchi navbatda uni mashhur inson sifatida emas, balki namunali inson qiyofasida ko‘rishlari muhim. Chunki omma oldida doimiy ravishda ijobiy fazilatlarga ega aktrisa nomini saqlab qolish qiyin masala.

O‘zimni aktrisalik karyerasidagi bu qismiga tayyor emasligimni doim his qilaman. Men o‘z ishimni yaxshi ko‘raman va suratga tushishdan zavq olaman, ammo shon-shuhrat va mashhurlikdan qo‘rqaman”, deydi Zendeya

Zendeya 2024 yil may oyida bo‘lib o‘tgan Met Gala tadbirida
Foto: ELLE

Aktrisa uni cho‘qqiga olib chiqqan har bir kishidan minnatdor bo‘lsa-da, hayotida bo‘lib o‘tayotgan ko‘plab voqealarga tayyor emasligini va uning tabiatiga zid ekanini tan oladi. Zendeyaning so‘zlariga ko‘ra, mashhurlik ortidan kibrga berilib, bu kuchdan g‘arazli maqsadlarda foydalanadiganlar bor, lekin aktrisa ulardan biri emas. Buning ustiga, turli premeralar yoki tadbirlarda aktrisa namoyon bo‘ladigan obrazlar-u, so‘nggi urfdagi ko‘ylaklarni Zendeya og‘ir yuk sifatida qabul qiladi. Bularning bari unga qiziq emas.

Foto: Deadline
Shuningdek, Zendeya tabiatan uyatchan bo‘lib, introvert xarakterga ega. Shu bu urinishlar aktrisa uchun komfort zonasidan chiqishning eng so‘nggi yo‘lidir:

Sayr uchun yoki shaxsiy ishlarim uchun tashqariga chiqqanda ko‘rinmas odamga aylanib qolishni istayman. Ayniqsa, ish vaqtimdan tashqari soatlarda barcha insonlar kabi oddiy hayot kechirishni xohlayman”, deydi aktrisa.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aktrisa Zendaya mashhurlik yuki unga og‘irlik qilayotgani haqida: “Oddiy inson bo‘lishni istayman”