Foto: AP Photo
Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari tomonlar mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashi uchun Isroil va Livanning “Hizbulloh” guruhi o‘rtasida 21 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
“Biz barcha tomonlarni, jumladan, Isroil va Livan hukumatlarini vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini zudlik bilan ma’qullashga chaqiramiz”, deyiladi Oq uy saytida chop etilgan bayonotda.
Qo‘shma bayonotni imzolagan AQSH ittifoqchilari qatoriga Avstraliya, Kanada, Yevropa Ittifoqi, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya va Qatar kiradi.
Shu fonda isroillik jurnalist Amit Segal vazirlik manbasiga tayanib, mamlakat rasmiylari “muzokaralar o‘tkazish maqsadida o‘t ochishni to‘xtatish uchun yashil chiroq yoqdi” deb xabar berdi. Isroilning 12-kanalining xabar berishicha, Netanyaxu Isroil armiyasiga Livandagi zarbalar intensivligini kamaytirishni aytgan.
Reuters’ga ko‘ra, BMTda nutq so‘zlash uchun Nyu Yorkka ketayotgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga hali javob bermaganini aytgan va armiyaga jangni davom ettirishni buyurgan.
Livan Bosh vaziri Najib Mikati o‘t ochishni tezroq to‘xtatishga umid bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»