Foto: AP Photo
Kanada, Avstraliya, Germaniya va Niderlandiya ayollar diskriminatsiyasi tufayli Xalqaro sudga “Tolibon” ustidan da’vo arizasi bilan murojaat qilmoqchi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Da’vo tarafdorlari, agar “Tolibon” Xalqaro sud yurisdiksiyasini tan olmasa ham, sud qarori Afg‘onistonning yangi hukumati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmoqchi bo‘lgan boshqa davlatlar uchun to‘xtatuvchi omil bo‘lishi mumkinligiga ishonchi komil. BMTga a’zo davlatlar Xalqaro jinoiy sud qarorlariga rioya qilishi kerak.
Ta’kidlanishicha, jarayon boshlanishidan oldin Afg‘onistonga javob qaytarish uchun 6 oy vaqt beriladi. Sudga da’vo qilgan davlatlar “Tolibon” bilan diskriminatsiyaga chek qo‘yish uchun muzokaralarga ochiq.
“Ular vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga umid qilmoqda. Biroq muzokaralar natija bermasa, ish sudda davom etadi”, deyiladi xabarda.
Gender tengsizligi bilan bog‘liq davlatlararo nizo birinchi marta Gaagadagi Xalqaro sudning kun tartibiga kiritiladi. Ish Bosh assambleya tomonidan 1979 yilda qabul qilingan va 1981 yilda kuchga kirgan Ayollarga nisbatan diskriminatsiyaning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya doirasida ko‘rib chiqiladi.
Afg‘onistonda ayollarga nisbatan joriy qilingan ayrim taqiqlar quyidagilar:
- afg‘onistonlik ayollarning BMT idoralarida ishlashi;
- erkaklarga ayollar uchun kiyim tikish;
- ayollarning erkak shifokorlarga borishi;
- ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi;
- ayollarning istirohat bog‘iga tashrif buyurishi;
- oilalar va ayollarning bog‘lari yoki yashil hududlari bo‘lgan restoranlarga kirishi;
- ayollar ovozi eshitilgan reklamalarni efirga uzatish;
- ayollarning sotuvchilari bilan savdolashishi taqiqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi