Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Erondan tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda mamlakat javob qaytarishini e’lon qildi. Bu haqda u Nyu Yorkdagi BMT Bosh assambleyasining 79-sessiyasidagi chiqishida aytib o‘tdi.
Isroil bosh vaziri so‘zga chiqqanda, ko‘plab delegatsiya vakillari zaldan namoyishkorona chiqib ketganini ham ta’kidlab o‘tish zarur.
“Agar bizga hujum qilsangiz, biz ham sizga hujum qilamiz”, dedi Netanyaxu Eron rahbariyatiga murojaat qilib.
“Eronda Isroilning uzun qo‘li yeta olmaydigan joy yo‘q. Xuddi shuningdek, butun Yaqin Sharqda ham Isroilni qo‘li yetmaydigan joy yo‘q”, deya qo‘shimcha qildi u.
Shuningdek, Netanyaxu Isroil HAMASning 24 ta batalonidan 23 tasini yo‘q qilganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Isroilga hujum qilingan paytda HAMAS bo‘linmalarida 40 mingga yaqin odam bo‘lgan, guruh esa 15 ming boshqarilmaydigan raketalar bilan qurollangan.
Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya boshida HAMASning yerosti tunnellarining umumiy uzunligi 560 km dan ortiq bo‘lgan.
“Isroil harbiylari terrorchilarning yarmidan ko‘pini qo‘lga oldi yoki o‘ldirdi, raketa arsenalining 90 foizdan ortig‘ini yo‘q qildi va ularning yerosti tarmog‘ining asosiy elementlarini ishdan chiqardi”, dedi siyosatchi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”