15:13 / 28.09.2024
31

Dog‘istonda AYOQSHda sodir bo‘lgan portlashda 10 kishi halok bo‘ldi

Dog‘istonda AYOQSHda sodir bo‘lgan portlashda 10 kishi halok bo‘ldi
Foto: Rossiya FVV
27 sentyabr, juma kuni Mahachqal’a chekkasida joylashgan Noviy Xushet poselkasidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi, natijada 10 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda «Interfaks» agentligi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib. Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirining yordamchisi Aleksey Kuznetsovning ma’lum qilishicha, sakkiz nafar jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan birining ahvoli og‘ir.

Soat 20.00 ga kelib yong‘in 500 kvadrat metr maydonni qamrab oldi. SHOT Telegram-kanalining yozishicha, portlash epitsentriga yaqin joyda joylashgan yonilg‘i quyish shoxobchasi oshxonasidan 14 kishi qutqarib olingan. Nashrning xabar berishicha, oshxona yaqinidagi devor qulagan, qutqaruvchilar vayronalarni tozalash bilan shug‘ullanyapti.

Voqea yuzasidan «xavfsizlik talablariga javob bermaydigan va ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bunday jinoyat uchun maksimal jazo — yetti yil qamoq. SHOT nashrining yozishicha, portlash benzin yonishi natijasida sodir bo‘lgan. Boshqa manbalarda bu ma’lumot tasdiqlanmagan.

Dog‘istonda 28 sentyabr portlash qurbonlari xotirasiga motam kuni deb e’lon qilindi, deb xabar berdi respublika rahbari matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dog‘istonda AYOQSHda sodir bo‘lgan portlashda 10 kishi halok bo‘ldi