Foto: Reuters
NASA va SpaceX Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) to‘qqizinchi Crew Dragon missiyasini uchirdi. Ekipaj tarkibidan rossiyalik kosmonavt Aleksandr Gorbunov va amerikalik astronavt Nik Xeyg o‘rin olgan.
Start Floridadagi Kanaveral burnida joylashgan kosmodromdan 28 sentyabr kuni soat 01:17 da amalga oshirilgan.
Kosmonavtlar missiya doirasida «Yerning past orbitasidan tashqarida kosmosni inson tomonidan o‘rganishga tayyorgarlik ko‘rish va insoniyatga foyda keltirish uchun» 200 dan ortiq ilmiy tajribalarni amalga oshiradi.
Kosmik kema 29 sentyabr soat 15:30 da XKS bilan tutashadi.
Crew Dragon parvozi «Roskosmos» va NASA'ning o‘zaro hamkorligida amalga oshirilmoqda — bu boradagi bitim 2025 yilgacha amal qiladi. Dastur doirasida rossiyalik kosmonavtlarni AQSHda ishlab chiqarilgan havo kemalarida, amerikalik astronavtlarni esa aksincha — rossiya raketalarida uchirish ko‘zda tutilgan.
Mazkur missiyani amalga oshirish avgust oyiga rejalashtirilgan edi, ammo Boeing‘ning Starliner ekipajini qaytarish ishlari sabab u kechiktirildi. Starliner 5 iyunda uchirildi va ertasi kuni kema XKS bilan tutashgan. Kema bortida astronavtlar Batch Uilmor va Sunita Uilyams bo‘lgan. Kema va uning ekipaji 8 kundan keyin Yerga qaytadi deb taxmin qilingan edi, biroq parvoz vaqtida dvigatel tizimida muammo yuzaga keldi. Ushbu nosozlik tufayli Starliner ekipajining Yerga qaytishi xavfli deb topildi va ular 7 sentyabrga o‘tar kechasi Xalqaro kosmik stansiyadan ajralib, Yerga muvaffaqiyatli qaytdi.
Avvalroq «Roskosmos» davlat korporatsiyasining boshqariladigan «Soyuz MS-26» kosmik kemasi avtomatik ravishda Xalqaro kosmik stansiyaning «Rassvet» moduliga tutashgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Transport kemasi bortida — «Roskosmos» kosmonavtlari Aleksey Ovchinin va Ivan Vagner, shuningdek, NASA astronavti Donald Pettit bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi