Foto: X / NationalIndNews
AQSH janubi-sharqiga yopirilgan «Xelen» to‘foni «tarixiy suv toshqinlarini» yuzaga keltirdi. Bu haqda mamlakat Milliy to‘fonlar markazi (NHC) ma’lum qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda tabiiy ofat oqibatida 52 kishi halok bo‘lgan, 3 milliondan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qolgan.
«Xelen» yopirilishidan ayniqsa, Florida, Jorjiya, Janubiy Karolina, Tennessi va boshqa shtatlar jabr ko‘rdi. «To‘fon xavfli va halokatli bo‘lib qolmoqda, u insonlar hayotiga zomin bo‘lyapti va suv toshqinlari xavfi hamon yuqori», — deydi AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris.
Tennessi shtatidagi Ervin shahrida politsiya va qutqaruvchilar vertolyot yordamida shifoxona tomiga chiqib olgan 50 dan ortiq insonni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. Ular qutqarilishidan bir necha soat oldin senator Bill Xegerti AQSH rasmiylarini suv qurshovida qolgan odamlarga resurslar yetkazib berishga chaqirgan va vaziyatni «juda og‘ir» deb atagandi.
«Xelen» to‘foni 26 sentyabr kuni Floridaga yopirildi, keyin esa qo‘shma shtatlar tomon harakatlanishni boshladi. Shamol tezligi soatiga 225 kilometrga yetmoqda, to‘fonga to‘rtinchi — «favqulodda xavfli» darajasi berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi