22:11 / 29.09.2024
54

AQSH yadro qurolini Osiyoga joylashtirish taklif qilindi

AQSH yadro qurolini Osiyoga joylashtirish taklif qilindi
Foto: iStock
AQSH yadro qurolini Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashtirish taklif qilindi. Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi raisi lavozimiga saylangan Sigeru Isiba buni muhokama qilish kerakligini aytdi.

Amaldor Yaponiyadagi Amerika kontingentining maqomi to‘g‘risidagi kelishuv qayta ko‘rib chiqilganda buni inobatga olish kerakligini bildirdi.

Isibaning so‘zlariga ko‘ra, Osiyoda NATOdagi kabi jamoaviy o‘zini o‘zi himoya qilish tizimining yo‘qligi mintaqada yangi harbiy mojarolar paydo bo‘lish xavfini keltirib chiqaradi. Xususan, u Xitoyning Yaponiya orollari atrofida harbiy faolligi ortib borayotganidan xavotir bildirdi. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya harbiy kuchlarini mustahkamlash Xitoyni Osiyoda harbiy kuch ishlatishdan to‘xtatish imkonini beradi.

Mamlakatimizni o‘rab turgan geosiyosiy inqiroz shu darajaga yetdiki, istalgan paytda urush boshlanishi mumkin. Xitoy, Rossiya va Shimoliy Koreya yadro alyansini jilovlashni ta’minlaydigan NATOning Osiyo versiyasi kerak. NATOning Osiyo versiyasi AQSH bilan yadroviy quroldan birgalikda foydalanishni yoki mintaqaga yadroviy qurol olib kirishni aniq hisobga olishi kerak, dedi Isiba.

Sigeru Isiba parlament tomonidan tasdiqlangandan keyin 1 oktyabrdan boshlab Yaponiyaning yangi bosh vaziri bo‘ladi. Saylov kampaniyasi paytida u Yaponiyaning harbiy salohiyatini mustahkamlash va “Osiyo NATO”sini yaratish va unga Vashingtonni kiritish tarafdori edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH yadro qurolini Osiyoga joylashtirish taklif qilindi