Foto: Videodan kadr
Isroil armiyasi G‘azo sektori va Livanga hujum fonida Yamanga ham aviazarbalar berishni boshladi. Bu haqda yahudiy davlati armiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Xudayda shahridagi port va elektr stansiyasiga hujum qilingan. Isroil armiyasi hujumni tasdiqlagan. Ular Yaman husiylarining Isroil chegarasidan 1800 kilometr uzoqlikdagi obyektlari nishonga olinganini aytgan. Operatsiyani yahudiy davlatining o‘nlab qiruvchi samolyotlari amalga oshirgan.
“Isroil mudofaa armiyasi neft importi uchun ishlatiladigan elektr stansiyalari va portga hujum qildi. Husiylar rejimi maqsadli infratuzilma va portlar orqali hududga Eron qurol-yarog‘lari va harbiy ta’minotlarni, shu jumladan neftni yetkazib bermoqda. Hujum Isroil hududiga raketalar uchirilishiga javoban amalga oshirilgan”, deyiladi yahudiy armiyasi bayonotida.
O‘z navbatida, Axios nashri Isroilning Yamandagi Xodeyda shahriga zarbasi AQSH Markaziy qo‘mondonligi bilan muvofiqlashtirilganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi