23:45 / 29.09.2024
33

Isroil “Hizbulloh” rahbariyatining yana bir a’zosini o‘ldirdi

Isroil “Hizbulloh” rahbariyatining yana bir a’zosini o‘ldirdi
Foto: AP Photo
Isroil qiruvchi samolyotlari 28 sentyabr kuni Bayrutning Daxe rayoniga qilgan hujumida “Hizbulloh”ning yuqori martabali a’zosi Nabil Kauk halok bo‘ldi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Isroil harbiylariga ko‘ra, Kauk guruhning “profilaktik xavfsizlik bo‘limi” qo‘mondoni va ijroiya kengashi a’zosi bo‘lgan.

U Isroil va uning fuqarolariga qarshi hujumlar tayyorlashda bevosita ishtirok etgan”, deya da’vo qilgan yahudiy armiyasi.
Ta’kidlanishicha, Kauk 1980 yillarda “Hizbulloh”ga qo‘shilgan, harakat ijroiya kengashida rahbar o‘rinbosari, so‘ngra janubiy Livan hududlari rahbari bo‘lib ishlagan, keyinroq esa ijroiya kengashi rahbari o‘rinbosari bo‘lgan. “Hizbulloh” guruhi Nabil Kaukning o‘limini tasdiqlagan.

28 sentyabr kuni Isroil hujumi oqibatida guruhni 30 yildan ortiq boshqargan “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh o‘ldirildi.

Livanda bir yarim hafta davom etayotgan bombardimonlar oqibatida yana bir necha “Hizbulloh” qo‘mondonlari halok bo‘ldi. Ular orasida “Nasrullohning o‘ng qo‘li” deb atalgan “Radvan” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Ibrohim Oqil, “Radvan” harbiy operatsiyalari kuratori Ahmad Mahmud Vahbiy va raketa bo‘linmasi qo‘mondoni Muhammad Ali Ismoil bor. Shuningdek, Isroil hujumi oqibatida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Abbos Nilforushon halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil “Hizbulloh” rahbariyatining yana bir a’zosini o‘ldirdi