Foto: X ijtimoiy tarmog‘i
Latviya prezidenti Edgars Rinkevichs velosipeddan yiqilib o‘ng qo‘lining bilagi va chap qo‘lining barmog‘ini sindirib oldi, deb xabar beradi Delfi portali.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa 28 sentyabr kuni Rinkevichs velosayohatga chiqqanida sodir bo‘lgan. Noqulay yiqilish oqibatida davlat rahbari tibbiy yordamga murojaat qilgan, shifokorlar uning qo‘li singanini aniqlab, gips bog‘lagan.
«Velosiped mavsumi yakunlandi. Travmatologiya va ortopediya shifoxonasi jamoasiga u qadar aqlli bo‘lmagan mijozga ko‘rsatgan yordami uchun katta rahmat», — deydi prezident.
Rinkevichsning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Martinsh Dregerisning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, jarohat davlat rahbarining ish jarayoniga ta’sir ko‘rsatmaydi, u oldingidek bemalol yozib, hujjatlarni imzolay oladi. Ta’kidlanishicha, Rinkevichsning keyingi haftadagi kun tartibiga ham hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”