Foto: Reuters
Isroil Mudofaa kuchlari (SAHAL) Eronning raketa zarbasi nihoyasiga yetganini ma’lum qilib, aholini boshpanalardan chiqishiga ruxsat berdi.
«Vaziyatni baholagandan so‘ng, endi mamlakatning barcha hududlarida qo‘riqlanadigan boshpanalarni tark etishga ruxsat berildi. Biz jamoatchilikdan Front orti qo‘mondonligining ko‘rsatmalariga amal qilishni davom ettirishni so‘raymiz», deyiladi xabarda.
1 oktyabr kuni kechqurun Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Isroil tomon raketalarni uchirib, buni HAMAS va «Hizbulloh» yetakchilarining o‘limiga javoban qasos deb atadi.
Jerusalem Post xabariga ko‘ra, Eron 500 ga yaqin raketani uchirgan va bu Isroilga eng keng ko‘lamli zarba bo‘lgan.
Raketalar uchirilgach Isroil, Iordaniya va Iroq o‘z havo hududini zudlik bilan yopdi.
Qayd qilinishicha, Isroilning markazi va janubida bir nechta raketa yerdagi obyektlarga qulagan, yetkazilgan zarar baholanmoqda. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
«Biz ko‘plab raketalarni urib tushirdik. Ammo markazda va janubda ba’zi obyektlarga zarba berildi», dedi SAHAL vakili Daniel Hagari.
SAHAL bu zarbalar Eron uchun oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi