Jimmi Karter
Foto: BBC
AQSH sobiq prezidenti Jimmi Karter 100 yoshini nishonladi va shu yoshgacha yashagan ilk Amerika prezidentiga aylandi.
Jimmi Karter yeryong‘oq yetishtiruvchi fermerlar oilasida 1924 yilning 1 oktyabrida tug‘ilgan. Siyosatga 1960-yillarda Jorjiya shtati senatori sifatida kirib kelgan, 1976 yilda Demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘yib, saylovda g‘alaba qozongan.
Jimmi Karter — AQSHning 39-prezidenti.
Karter Oq uyda 1977–1981 yillarda faoliyat olib bordi, ikkinchi muddatda o‘rnini saqlab qololmadi, keyingi saylovda respublikachi Ronald Reyganga yutqazdi.
So‘nggi 19 oydan buyon Jorjiyadagi hospisda qo‘nim topganiga qaramay, sobiq prezident muomala layoqatini saqlab qolgan, tashriflardan xursand bo‘ladi. Hatto noyabrdagi saylovda Kamala Harrisga ovoz berishga ulgurishiga ham umid qilmoqda.
Jimmi Karter 2023 yil noyabrida 96 yoshida vafot etgan rafiqasi Rozalinning dafn marosimida oxirgi marta ommaga ko‘rinish bergandi.
Sobiq prezidentning 100 yilligi sharafiga u bilan 40 yillardan beri hamkorlik qilib kelayotgan Habitat for Humanity volontyorlari Minnesotada kam ta’minlanganlar uchun 30 ta uy qurishga va’da berishdi.
Jimmi Karter tug‘ilgan Pleyns shahrida esa uning 100 yilligi munosabati bilan 100 kishiga AQSH fuqaroligini berish marosimi o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?