62
Janubiy Koreya KXDRning yer osti bunkerlarini ham yakson etishga qodir raketasini namoyish etdi
Foto: Reuters
Janubiy Koreya mamlakat Qurolli Kuchlari kunini nishonlash vaqtida KXDRning yer osti bunkerlarini ham ishg‘ol etishga qodir eng kuchli ballistik raketalarini namoyish etdi, deb xabar beradi Associated Press.
Qayd etilishicha, Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol agar KXDR yadroviy quroldan foydalanishga urinsa, Janubiy Koreya—AQSH alyansining keskin javobiga duch kelishi va «ushbu kun Shimoliy Koreya rejimi uchun oxirgisi bo‘lishidan» ogohlantirdi.
Marosimda Janubiy Koreya harbiylari 340 ga yaqin harbiy texnika va qurollanish tizimlarini namoyish etgan. Ular orasida 8 tonnali jangovar kallakni tashib, yer qa’riga kirib borishga va KXDRning yer osti bunkerlarini yakson qilishga qodir Hyunmoo-5 ballistik raketasi ham bor.
Nashrning eslatishicha, so‘nggi vaqtlarda Shimoliy Koreyaning bomba dasturi bo‘yicha xavotirlar mamlakatdagi yadroviy qurol uchun mo‘ljallangan uranni boyitish maxfiy obyekti suratlari e’lon qilinganidan keyin kuchaygan.
Janubiy koreyalik amaldorlarning fikricha, KXDR AQSHdagi prezidentlik saylovlari arafasi sinovlar o‘tkazib, vaziyatni yanada keskinlashtirishga urinadi. Ekspertlarning aytishicha, Shimoliy Koreya aftidan, yadroviy qurol-yarog‘ni kengaytirish mamlakatga AQSH tomonidan ko‘proq yonbosishlarga sabab bo‘ladi, deb o‘ylaydi.
Avvalroq Janubiy Koreya KXDR yadroiy jangovar kallaklarni ishlab chiqarishga yetarli plutoniy va uranga ekanini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, mamlakat razvedkasining ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya yettinchi yadroviy sinovini 5 noyabrda — AQSHdagi prezidentlik saylovlaridan keyin o‘tkazishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?