20:31 / 02.10.2024
2

Durov farzandlarining onasi Telegram asoschisi bilan hayoti haqida film suratga olmoqchi

Durov farzandlarining onasi Telegram asoschisi bilan hayoti haqida film suratga olmoqchi
Foto: missbolgar / Instagram
O‘zini Pavel Durovning uch farzandi onasi deb tanishtirgan Irina Bolgar shaxsiy hayoti asosida hujjatli film suratga olish va kitob chop etish niyati haqida ma’lum qildi.

Ayolning aniqlik kiritishicha, u “vaziyatni oshkora qilish haqida hech qachon o‘ylamagan”, ammo tadbirkor hibsga olinganidan so‘ng butun dunyo jurnalistlari u bilan bog‘lana boshlagan. Bolgar vaziyatga oydinlik kiritish, obro‘sini yolg‘on va tuhmatdan himoya qilish uchun izoh berishga majbur bo‘lganini ta’kidlagan.

Shuningdek, ayol Telegram asoschisi bir yarim yil avval unga moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘xtatganidan keyin pul topishning qo‘shimcha yo‘llarini qidirayotganini aytgan. U o‘zining topgani faqat bolalar uchun asosiy ta’minot uchun yetarli ekanini, lekin xususiy maktablar, maktabdan tashqari mashg‘ulotlar va ta’til sayohatlari uchun yetarli emasligini qo‘shimcha qilgan.

Hozir men nashriyotlar bilan kitob chiqarish va hujjatli film ssenariysi bo‘yicha prodyuserlar bilan muzokaralar olib bormoqdaman”, deydi u.

Bolgarning so‘zlariga ko‘ra, uning shaxsiy kundaligida minglab fotosuratlar va videolar, shuningdek, yozishmalar va qaydlar mavjud.

Yaqinda Irina Bolgar o‘zining shaxsiy blogida Durov 2022 yil oxirida bolalari bilan muloqotni to‘xtatganini yozgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Durov farzandlarining onasi Telegram asoschisi bilan hayoti haqida film suratga olmoqchi
ePN