06:48 / 03.10.2024
37

Bayden Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berishini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi

Bayden Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berishini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi
Foto: Oq uy matbuot xizmati
AQSH prezidenti Jo Bayden Isroilning Erondagi yadroviy inshootlarga zarba berishini maqsadga muvofiq deb hisoblamasligini aytdi. Bu haqida Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Javob yo‘q”, dedi Bayden jurnalistlarga qarata.

Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabr kuni kechqurun Eron Isroilga qarshi yirik raketa hujumini amalga oshirdi. Isroil OAV xabariga ko‘ra, Eron Isroil tomon 200 ga yaqin ballistik raketa uchirgan. Bu raketalarning ba’zilari “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimidan o‘tib, yerga yetib borishga muvaffaq bo‘lgan.

Xorijiy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Eron yadro inshootlariga zarba berish Isroilning javob yurishi bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida, bugun Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Ar-Aqchiy Isroil hududdagi yadroviy inshootlarga hujum qilishga jur’at eta olmasligiga ishonch bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berishini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi